Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6165-sonli Farmoni hamda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, shuningdek, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent moliya instituti tomonidan ham ichki turizmni rivojlantirish tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, joriy yilning 30-31-oktyabr kunlari Toshkent moliya instituti kasaba uyushmasi tashabbusi bilan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” – ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar uchun Xiva shahriga sayohat tashkil etildi. Sayohatda 48 nafar sayohatchilar ishtirok etishdi.
Sayohatchilar Xivaning qadimiy joylari, xususan, Xivaning markazi hisoblangan va hozirgi kunda Xiva ahli va mehmonlarining sevimli joyi boʻlgan Ichan qalʼa, Arabxona madrasasi, Bogʻlandi masjidi, Muhammad Aminxon madrasasi, Tosh hovli yaʼni Allaqulixon saroyi bilan tanishib chiqdilar.
Sayohat juda katta hayajon va koʻplab taassurotlarga boy boʻldi.
Institut professor-oʻqituvchi va ishchi-xodimlar sayohat tashkilotchisi va homiysi – Toshkent Moliya instituti rahbariyati hamda kasaba uyushma rahbariyatiga oʻzlarining samimiy minnatdorchiligini bildirishdi.