“Nofilologik oliy o‘quv muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
24-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi hamda Xorijiy tillar kafedrasi hamkorligida “Nofilologik oliy o‘quv muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani kirish so‘zi bilan Toshkent moliya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori N.N.Oblomuradov ochib berdi.
Tadbirda Britaniya Kengashi Loyihalar bo‘yicha menejeri N.J.Begimbayeva, Toshkent davlat yuridik universiteti, Xorijiy tillar kafedrasi professori S.T.Akobirova, Pitirim Sorokin nomidagi Siktyvkar davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi V.A.Maltseva, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi Egorova Mariya Ruslanovna, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi Ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi Y.V.Lukina, M.Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) Federal universitetining AKM-West tarjima agentligining texnologiyalar va tarjimani avtomatlashtirish asosiy kafedrasi mudiri Y.S.Ko‘kanova hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz tili nazariy fanlar” kafedrasi professori G.H.Nurmatovalar o‘z prezentatsiyalari bilan faol qatnashdilar.
Shu jumladan, Qozog‘iston, Rossiya, Belarussiya, Turkiya kabi chet davlatlaridan vakillar Zoom platformasi orqali ishtirok etishdi. So‘ng seksiyalarda xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari, til o‘qitish uslubiyati, qiyosiy leksikografiya, qiyosiy tilshunoslik va tarjima nazariyasi, gender tilshunosligi: feminativlar kabi yo‘nalishlarda ish olib bordi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada o‘tkazildi va uning natijalariga ko‘ra resolutsiya qabul qilinib, konferensiya materiallar to‘plami chop etiladigan bo‘ldi.