Ilmiy sohadagi xalqaro hamkorlik

Ilmiy sohadagi xalqaro hamkorlik

2023-yil 18-may kuni Toshkent moliya institutida “Moliya” kafedrasining xalqaro hamkorligi doirasida Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot moliya institutining Ijtimoiy sohani moliyalashtirish markazi ilmiy xodimlari ishtirokida “Rossiya Federatsiyasida jtimoiy himoyaning xususiyatlari va unga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlarining samaradorligini oshirish yoʻnalishlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

 

 

 

 

Unda institut professor-oʻqituvchilari va Tayanch doktorantura tinglovchilari qatnashdilar. Seminar doirasida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini moliyaviy jihatdan taʼminlash borasidagi yangi yondashuvlar muhokama qilindi hamda istiqboldagi ilmiy hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

 

 

 

 

13:55 / 2023-05-18
Success helper
Success warning