Jahon elektron kutubxonalar resurslaridan foydalanish mavzusida seminar tashkil etildi

Jahon elektron kutubxonalar resurslaridan foydalanish mavzusida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 11-sentabr kuni Toshkent moliya institutining doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda magistr talabalari uchun jahon elektron kutubxonalar resurslaridan foydalanish tartibi, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonlaridagi soʻngi oʻzgarishlar bilan tanishtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining yagona elektron bazasini (phd.mininnovation.uz) doimiy toʻldirib borish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

 

Mazkur seminarda Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori S.Mehmonov, “E-LINE PRESS” kompaniyasining chet el nashriyotlari hamda kompaniyalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi, ProQuest va Anti plagiat kompaniyalarining Oʻzbekistondagi rasmiy vakili N.Pazilova, institut Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi A.Pardayev, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda magistr talabalari ishtirok etishdi.

 

Tadbirning maqsadi – Jahon elektron kutubxonalar resurslaridan foydalanish taqdimoti oʻtkazish hamda Scopus, Web of Science, roʻyxatidagi jurnallarga maqolalar tayyorlash va chop ettirish boʻyicha koʻrsatmalar berish, ProQuest dissertatsiyalar bazasidan foydalanish tartibi, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonlaridagi soʻngi oʻzgarishlar bilan tanishtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining yagona elektron bazasiga (phd.mininnovation.uz) tegishli maʼlumotlarni uzluksiz tarzda kiritib borish boʻyicha koʻrsatmalar berish hisoblanadi.

 

 

 

 

TMI matbuot xizmati

21:12 / 2021-09-11
Success helper
Success warning