Institutda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi

Institutda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 11-fevral kuni Toshkent moliya institutining 2023-yilda taʼlim sifatini oshirish siyosati hamda institutda boshqaruv, pedagog va boshqa toifadagi xodimlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari(KPI)ni qoʻllash masalalari boʻyicha seminar tashkil etildi.


Unda institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.Mehmonov, fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

 

 

Seminarda institutda taʼlim sifatini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari - dars jarayonlarini samarali tashkil etish, oʻquv-uslubiy taʼminotni takomillashtirish, pedagog xodimlar salohiyatini yanada oshirish, 2023-yilda taʼlim sifatini oshirish siyosatini amalga oshirishdan kutiladigan natijalar xususida fikr yuritildi.

 

 

 

Shuningdek, institut rahbar va pedagog xodimlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida ularning faoliyatini baholash hamda ustamalar belgilash tizimini amaliyotga tatbiq qilish boʻyicha atroflicha maʼlumot berildi. Seminar ishtirokchilari institutning 2023-yilda taʼlim sifatini oshirish siyosatida belgilangan ustuvor vazifalar hamda boshqaruv va pedagog xodimlar faoliyati natijalarini KPI tizimi asosida ragʻbatlantirib borilishi kelgusida institutda taʼlim sifatining yuqori darajaga koʻtarishda muhim omil boʻlishini qayd etdilar.

 

 

17:15 / 2023-02-11
Success helper
Success warning