INNOVATSION MENEJMENTDA NAZARIYA VA AMALIYOT UYG'UNLIGI

INNOVATSION MENEJMENTDA NAZARIYA VA AMALIYOT UYG'UNLIGI

Yangi O’zbekistonni barpo qilishda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar samarasi innovatsion menejmentni rivojlantirish bilan bog’liqdir. Bu borada davlat va iqtisodiyotni boshqarishda innovatsion menejmentni rivojlantirish hamda iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi bosqichda moliya-bank tizimini innovatsion boshqarish masalalari dolazarb ahamiyat kasb etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib TMI da 2021-yilning 28-oktyabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
 

“Innovatsion menejmentni rivojlantirishning dolzarb masalalari” deb nomlangan mazkur anjumanda TMI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, i.f.d., professor Mehmonov Sultonali Umaralievich; O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, i.f.d., professor G'ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi professori, i.f.d. Raximova Dilfuza Nigmatovna; G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti Toshkent shahar filiali professori, i.f.d. Ismoilov Baxtiyor Anvarovich; O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bo'lim boshlig'i M.Mirzamaxmudov; IIV Akademiyasi professori, Polkovnik Qobulov Sharif Raximovich kabi iqtisodchi olimlar mavzu yuzasidan chiqish qilgan bo’lsalar, Hindistondan Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti izlanuvchisi Binoy Joy Kattadiyil, “Texnopark” MChJ Kadrlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari Asadova Iroda Temirovna kabi soha mutaxassislari o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdilar.



 

 

 

 

 

 

 

 

 

19:01 / 2021-10-28
Success helper
Success warning