TMI vakillari “InnoWeek.uz–2022” innovatsion gʻoyalar haftaligida ishtirok etishmoqda
2022-yil 17-21-oktabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” shiori ostida “InnoWeek.uz–2022” innovatsion gʻoyalar haftaligi oʻz ishini boshladi.
Mazkur haftalikda eng soʻnggi ilmiy-innovatsion ishlanma va startap loyihalari bilan Respublikamiz olimlari, ilmiy izlanuvchilari va xorijiy davlatlar vakillari ishtirok etishmoqda.
Maʻlumot oʻrnida aytish kerakki, “InnoWeek.uz–2022” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida 40 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq kompaniyalar, 40 ga yaqin xorijiy tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishmoqda.