Fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasi amalda

Fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasi amalda


2023-yil 7-9-aprel kunlari Andijon viloyati hokimligining taklifi bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Islamqulov rahbarligidagi ishchi guruh aʼzolari Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi N.Mavlanov, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professori S.Shirinov, “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi dotsenti A.Abdullayev, “Moliya” kafedrasi dotsenti I.Jumaniyazov va “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi oʻqituvchisi S.Xoshimovlar  Boʻston tumaniga tashrif buyurishdi. 





Xizmat safari davomida ishchi guruh aʼzolari Boʻston tumanining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash maqsadida tegishli kompleks soha mutaxasislari bilan suhbatlar uyushtirildi, yetakchi sanoat obyektlariga sayyor tashriflar amalga oshirildi. Maxallalarda qoʻshimcha iqtisodiy oʻsish omillarini aniqlash maqsadida hokim yordamchilari bilan intervyular tashkil etildi va tumanning oʻsish drayverlarini aniqlash maqsadida jadval koʻrinishidagi axborot bazasi shakllantirildi.



 

Ishchi guruh raisi va aʼzolari Andijon viloyat xokimi Sh.Abduraxmanov bilan uchrashib, Boʻston tumanining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini baholash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilishdi.





Xizmat safari yakunida viloyatning 6 ta 5-toifaga tushgan tumanini ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini baholash boʻyicha 600,0 mln.soʻmlik shartnoma imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.

 

10:59 / 2023-04-12
Success helper
Success warning