Is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan seminar

Is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan seminar

Joriy yilning 21-dekabr kuni Toshkent moliya institutida “Fuqaro va mehnat muhofazasi” bo`limi tomonidan "Qishki isitish mavsumida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chiqishi va yongʻinlar sodir boʻlishining oldini olish" mavzusida seminar tashkil etildi. 

 

  • Unda institut Moliya-iqtisod ishlar boʻyicha prorektor Sh.Sindarov, O`zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti kafedra dotsenti J.Sagatov, institut ishchi-xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 

 

 

Ushbu seminardan koʻzlangan asosiy maqsad – institutning professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari uchun yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha bilim va koʻnikmalar hosil qilish hamda koʻngilsiz holatlarning yuzaga kelishini oldini olish hisoblanadi. 

 

 

 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tabiiy va suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanish uchun barchamiz birdek masʼul ekanligimizni, gazdan foydalanish oqibatida kelib chiqishi mumkin boʻlgan baxtsiz holatlarning oldini olishimiz lozimligini taʼkidlab oʻtishdi.

 

 

Seminar qiziqarli va foydali maʼlumotlarga boy tarzda tashkil etildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

23:18 / 2022-12-21
Success helper
Success warning