Institut vakillari Praga shahrida bo'lib o'tayotgan "Butun jahon oliy taʻlim muassasalari reytingi" forumida ishtirok etishmoqda

Institut vakillari Praga shahrida bo'lib o'tayotgan "Butun jahon oliy taʻlim muassasalari reytingi" forumida ishtirok etishmoqda

 

Toshkent moliya institutida ilmiy faoliyatni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini yana-da oshirish, xorijiy tajribalarni tahlil qilish hamda xalqaro reytinglardan munosib oʻrin egallash borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, institutda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan professor-oʻqituvchilarni xalqaro tajribalarni oʻrganishga jalb etish maqsadida xorij oliy taʻlim muassasalarida tajriba almashinuv dasturlarini tashkil etilmoqda. 
 

Xususan, ayni kunlarda institutning "Bank ishi" kafedrasi professori F. Xolmamatov va "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi dotsenti Sh. Xalilovlar Chexiya davlatida malaka oshirishmoqda. Shu bilan birga vakillarimiz Chexiya davlatining Praga shahrida bo'lib o'tayotgan "Butun jahon oliy taʻlim muassasalari reytingi" forumida ishtirok etishmoqda.

19:55 / 2023-01-29
Success helper
Success warning