Kafedra filialida navbatdagi amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi

Kafedra filialida navbatdagi amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi

 

Institut rahbariyati tomonidan taʼlim sifatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda bu borada taʼlim va amaliyot oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Maʼlumki, 2021-yilda Toshkent moliya instituti va “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha Memoradum imzolangan edi. Ushbu Memorandumga asosan 2022-yili kompaniyada “Sugʻurta va pensiya ishi” kafedrasining filiali oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻydi.


2023-yil 11-mart kuni Soliqlar va sugʻurta fakultetining “Sugʻurta ishi” taʼlim yoʻnalishida oʻqiydigan 3-kurs, SS-30, SS-34 guruhi talabalari “Sugʻurta va pensiya ishi” kafedrasi katta oʻqituvchilari N.Yakubova va G.Nasirova hamrohligida “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta kompaniyasidagi kafedra filialida tashkil etilgan amaliy mashgʻulotlarda qatnashdilar.
 

Kompaniya bosh direktori oʻrinbosari A.Asatillayev va “Sugʻurta maktabi” direktori I.Mirsodiqov talabalarga “Sugʻurta sohasi va uning iqtisodiyotda tutgan oʻrni” mavzusida qiziqarli taqdimot namoyish etdilar. Interfaol va savol-javob tarzida oʻtkazilgan ushbu amaliy mashgʻulot talaba-yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.


Amaliy mashgʻulot soʻnggida “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta kompaniyasi masʼul xodimlari institutning 4 nafar talabasini 2023-yil aprel oyidan kompaniyada oylik toʻlanadigan stajirovka oʻtashga taklif etdi.
 

Soʻnggi soʻz oʻrnida taʼkidlash kerakki, “Sugʻurta va pensiya ishi” kafedrasi institut rahbariyatining topshiriqlari va koʻrsatmalari asosida bundan keyin ham taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda davom etadi.

22:00 / 2023-03-11
Success helper
Success warning