AJ “Kapital Sugʻurta” sug‘urta kompaniyasining Innovatsion sug‘urta markazi tashkil etildi.

AJ “Kapital Sugʻurta” sug‘urta kompaniyasining Innovatsion sug‘urta markazi tashkil etildi.

Toshkent moliya instituti va AJ “Kapital Sugʻurta” sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumni amaldagi ijrosini ta’minlash borasida Toshkent moliya institutida AJ “Kapital Sugʻurta” sug‘urta kompaniyasining Innovatsion sug‘urta markazi tashkil etildi. Ushbu markaz va uni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad haqida Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonovga institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori J.Karimqulov atroflicha ma’lumot berdi. Markazning ochilish marosimida sugʻurta kompaniyaning bosh direktori A.Yuldashev va boshqa kompaniyalarning rahbarlari ishtirok etdilar.

Markazning asosiy maqsadi bu “Sug‘urta ishi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga amaliyotdan malakali kadrlarni jalb etgan holda dars mashg‘ulotlari, master-klasslar, seminar treniglarni olib borish, talabalarni kasbga yo‘naltirish, tanishuv, ishlab-chiqarish, bitiruv oldi amaliyotlarni kompaniyaning turli filial va bo‘linmalarida o‘tashni tashkillashtirish hamda rivojlantirish, yakuniy bitiruv loyiha ishlarida kompaniya ishtirokini ta’minlash hamda “Eng yaxshi bitiruv loyiha ishi” naminatsiyalarini e’lon qilish va sovrindorlarni taqdirlash, shuningdek bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashdan iboratdir.

 

18:28 / 2019-04-17
Success helper
Success warning