Institut vakillari Karlov universiteti malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda

Institut vakillari Karlov universiteti malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda

Bugun institut rahbar-xodimlari va professor-oʻqituvchilarining xorijiy oliy taʼlim muassasasidagi malaka oshirish kurslari start oldi.

 

 

Chexiya Respublikasida joylashgan Karlov universiteti (QS World University Rankings xalqaro reytingida 288 oʻrinda) Tadqiqot markazida boʻlib oʻtayotgan malaka oshirish kurslarida “Makroiqtisodiy jarayonlarda davlatning iqtisodiy siyosati” mavzusida treninglar oʻtkazildi.

 

 

Unda institutimiz delegatsiyasi mavzu yuzasidan Yevropa Ittifoqi davlatlari tajribasi bilan tanishdi. Shuningdek, oʻquv mashgʻulotlari davomida MDH mamlakatlari tajribalari va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari boshqa xorijiy davlatlar tajribalari bilan taqqoslash yuzasidan “aqliy hujum” usulida treninglar boʻlib oʻtdi.

 

 

 

 

 

Maʼlumot uchun: Karlov universiteti Chexiya Respublikasining Praga shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. U 1348 yilda tashkil etilgan va Yevropadagi eng qadimgi universitetlardan biri hisoblanadi. Ushbu oliy taʼlim muassasasida 50 000 dan ortiq talabalar tahsil oladi.

18:40 / 2023-06-19
Success helper
Success warning