Toshkent moliya institutida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

Toshkent moliya institutida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Mazkur yigʻilishda yoshlarga sifatli taʼlim berish, kasb-hunarga oʻqitish va ularning bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi va bir qator muhim vazifalar belgilab berildi.

 

 

 

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash, institut talabalari va institutni tamomlayotgan yosh mutaxassislarga mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish va ularning bandligini taʼminlash maqsadida Toshkent moliya institutida joriy yilning 14-aprel kuni  “Karyera kuni” mehnat yarmakasi tashkil etildi.

 

 

Mazkur mehnat yarmarkasida institutning asosiy buyurtmachi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda 150 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar (tijorat banklari, sugʻurta kompaniyalari, xususiy sektor tashkilotlari, uyushmalar) ishtirok etdi.

 

 

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad - Toshkent moliya instituti talabalari va institutni tamomlayotgan yosh mutaxassislarga mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish va ularning bandligini taʼminlashdan iborat.

 

 

Oʻtgan 2021-2022 oʻquv yilida Toshkent moliya institutini jami 1255 nafar bitiruvchi tamomlagan boʻlib, mazkur bitiruvchilarning 98,5% ning bandligi taʼminlagan. Joriy oʻquv yilida institutni 1992 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Mazkur bitiruvchilarni ish oʻrinlariga taqsimoti toʻliq amalga oshirilgan boʻlib, hozirgi kunda 3-kurs talabalarini ish oʻrinlariga taqsimlash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

 

“Karyera kuni” mehnat yarmakasida institutning 5000 ga yaqin talabalari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda ish beruvchi korxona va tashkilotlar masʼul hodimlari oʻz faoliyatini yorituvchi koʻrgazmali jihozlar va boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan qatnashdi va talbalar bilan ishga qabul qilish boʻyicha tanlovlar oʻtkazdi. Mazkur tanlovlarda muvafaqqiyatli oʻtgan 100 nafar talabaga Tashkilotlarning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida Sertifikatlari taqdim etildi. Bundan tashqari tanlovlarning birinchi bosqichida ishtirok etgan 3000 nafar talabalarning maʼlumotnomalari (obyektivkalari)   ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari tomonida  oʻrganish uchun olindi va natijalari toʻgʻrisida maʼlumot berishi takidlandi. Mazkur tadbirda talabalar va institut bitiruvchilari ishga joylashish borasida oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi, xususan, ish beruvchi korxona yoki tashkilotdagi mavjud vakant oʻrinlar, u yerdagi mehnat va maishiy-madaniy shart-sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati ega boʻlishdi.

 

 

Oʻz navbatida tadbirda qatnashgan korxona va tashkilotlar ham talabalar bilan bevosita suhbat oʻtkazish, oʻzlariga zarur boʻlgan kadrlarni ishga tanlab olish va oʻzaro manfaatli shartnomalar va kelishuvlar rasmiylashtirish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

 

 

Toshkent moliya institutida oʻtkazilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida ishtirok etuvchi talabalar qiziqarli takliflar olishdi va ishonchimiz komilki, tadbir ularning kelajakdagi kasbiy oʻsishida navbatdagi  omadli  qadam boʻlib qoladi.

19:47 / 2023-04-14
Success helper
Success warning