Kitob – xazina, bilim – boylik
Joriy yilning 7-aprel kuni “Moliya” kafedrasi tomonidan “Kitob – xazina, bilim – boylik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Ashurali Jo’rayev, Moliya fakulteti dekani F.Muxamedov, kafedra professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur “Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o’rgatuvchi murabbiydir” degan fikrni keltirgan holda A.Jo’rayev kitob insonning ongli hayoti va ma’naviy olamining bosh timsollaridan biri sifatida bilim manbai, insoniyat to’plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsuli ekanligini e’tirof etdi.