“O‘zbekistonda xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2023-yil 11-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “O‘zbekistonda xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy va mahalliy ilmiy xodimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, amaliyotchi mutaxassislar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura talabalari o‘zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etish uchun taklif etiladilar.