Konferensiyada "Xalqaro moliya-kredit" kafedrasining Jean Monnet Actions grant moduli doirasida "Yevropa raqamli moliya strategiyasi: O‘zbekiston uchun ilg‘or amaliyotlar masalalari" muhokama qilindi

Konferensiyada "Xalqaro moliya-kredit" kafedrasining Jean Monnet Actions grant moduli doirasida "Yevropa raqamli moliya strategiyasi: O‘zbekiston uchun ilg‘or amaliyotlar masalalari" muhokama qilindi

 

2023-yil 10-noyabr kuni “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi va “Yevropa raqamli moliya strategiyasi: O‘zbekiston uchun ilg‘or amaliyotlar” bo‘yicha Jean Monnet Actions grant moduli doirasida “O‘zbekistonda xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.






 

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi o‘qituvchisi, “Yevropa raqamli moliya strategiyasi: O‘zbekiston uchun ilg‘or amaliyotlar” Jean Monnet Actions granti a’zosi Jahongir Yakubovning “Yevropa Ittifoqining raqamli moliya strategiyasi: O‘zbekiston uchun ilg‘or tajribalar Jan Monne akademik modulining asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.










 

Ma’ruza davomida “Yevropa Ittifoqida raqamli moliya strategiyasi” modulining maqsadi, Yevropa Ittifoqining moliyaviy va bank tizimi, xususan, undagi raqamli moliyani rivojlanish holati Yevropa Ittifoqida raqamlashtirish bilan bog‘liq imkoniyatlar va muammolar, shuningdek, raqamli yagona bozorni shakllantirish shartlari, raqamli moliya bilan bog‘liq risklarni boshqarish, moliyaviy xizmatlar va toʻlovlarda yangi raqamli imkoniyatlardan foydalanish va Oʻzbekistonda raqamli moliyani rivojlantirish boʻyicha Yevropa Ittifoqi davlatlarining tajribasidan foydalanish jarayoniga eʼtibor qaratildi.

 

15:20 / 2023-11-10
Success helper
Success warning