Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
Toshkent moliya institutida “Yangilanayotgan Konstitutsiya yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos boʻladi” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Unda Xalq deputatlari, Toshkent shahar kengashi deputati R.A.Fozilov, institut rahbariyati, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Avvalo, spikerlar tomonidan talaba-yoshlarga yangilanayotgan Bosh qomusimiz haqida keng maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyamizning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga koʻpaymoqda. Yaʼni Konstitutsiyamiz qariyb 65 foizga yangilanyapti.
Savol-javoblarga boy boʻlgan tadbirda berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.