“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli tadbir

“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli tadbir

     O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yetti yilligini nishonlash munosabati bilan “O’zbek va Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari va institut murabbiylar kengashi raisi U.Rajabov, falsafa fanlari doktori proffessor Z.Davronov ishtiroklarida 4-dekabr kuni “Konstitusiya – baxtimiz qomusi” nomli bayram tadbiri o’tkazildi.

 

    Tadbir tashkilotchilari O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligini, u hech kimga qaram bo’lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo’lib kelayotganligini hamda bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilib kelayotganligini ta’kidlab, barcha tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladilar.

 

10:05 / 2019-12-06
Success helper
Success warning