Toshkent moliya institutida konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Toshkent moliya institutida konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

2023-yil 6-aprel kuni Toshkent moliya institutida konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

 

Unda Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari, institut professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

 

 

Uchrashuvda “Milliy tiklanish” DP MK raisi  Qodirov Alisher Keldiyevich, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurasulov Jaxongir Valiyevichlar tomonidan Referendumga qoʻyilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasidagi muhim yangilanishlar haqida ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bevosita ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan mazkur tadbirda talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

19:24 / 2023-04-06
Success helper
Success warning