Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan navbatdagi targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan navbatdagi targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti va O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan asosiy oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida tadbir oʻtkazildi.

 

Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi - Fayzieva Dilorom Xusniddinovna, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohatlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – Axmedov Durbek Qudratillaevich, Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputatlari, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekani va dekan muovinlari, institut professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

 

 

 

 

Mazkur targ'ibot tadbirida, maʼruzachi tomonidan talabalarga konstitutsiyaviy yangilanishlarda yoshlarga oid oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

20:42 / 2023-04-10
Success helper
Success warning