Toshkent moliya institutida 2023-yilda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita” sida belgilangan vazifalar amalga oshirilmoqda
“Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan 2023-yilda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita” sida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 15-fevral kuni Oʻzbekiston respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi, Korrupsiyani oldini olish va “Kompleans - nazorat” tizimini joriy etish boshqarmasi bosh inspektori O.Abdugʻaniyev tomonidan “Korrupsion xavni boshqarish va unga qarshi xulq atvorni shakllantirish” fani doirasida Moliya fakultetining 4-bosqich talabalari uchun maʼruza mashgʻulotlari olib borildi.
Agentlik bosh inspektori O.Abdugʻaniyev oʻz maʼruzasida sohada olib borilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar toʻgʻrisida toʻxtalib, Yangi Oʻzbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirishda taʼlim-tarbiyaning oʻrni alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligi va xalqaro reytinglarda mamlakatimiz yuqori pogʻonalarga koʻtarilib borayotganligiga toʻxtalib, bu borada Toshkent moliya instituti jamoasi eng birinchilardan namuna va tashabbus koʻrsatib ushbu fanni talabalarga oʻqitayotgani Agentlik tomonidan juda yuqori baholanishini va institut rahbariyatiga buning uchun alohida minnatdorchilik bildirishini aytib oʻtdi hamda kelgusida “Korrupsion xavni boshqarish va unga qarshi xulq atvorni shakllantirish” fanni barcha taʼlim yoʻnalishlarida oʻqitilishi maqsadga muvofiq ekanligi chunki boʻlajak moliyachi-iqtisodchi kadrlarda “Korrupsiyaga qarshi imminutet”ni shakllantirish hayotiy zaruriyat ekanligini eʼtirof etdi. Unda talabalar nazariy olgan bilimlarini amliyotchi mutaxassis tomonidan mavzu doirasida bergan maʼlumotlardan kelib chiqib yanada boyitishga erishdilar.
Maʼruza davomida institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans - nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi S.Darvishov ham mavzu doirasida oʻz fikr mulohazalari va koʻrsatmalarini berib oʻtdi.
Shuningdek, maʼruza mashgʻulotida Moliya fakulteti dekani F.Muxamedov, “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri Sh.Allayarov, PhD S.Sobirjanov, katta oʻqituvchi Sh.Achilovalar ishtirok etdilar.