“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

 

Toshkent moliya instituti Sirtqi fakultetida 2024-yil 12-yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi hamda Sirtqi fakultet dekanati bilan hamkorlikda fakultet xodimlari va fakultetda dars berayotgan professor-o‘qituvchilar bilan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

 

Tadbirda institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.R.Darvishov, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i I.Meliyev, bo‘lim bosh mutaxassisi Sh.Bolibekov, Sirtqi fakultet dekani K.Urazaliyev, dekan o‘rinbosarlari va fakultetda dars berayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

 

 

Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.R.Darvishov dekanat xodimlari va fakultetda dars berayotgan professor-o‘qituvchilarga bugungi kunda mamlakatimizning har bir jabhasida, jumladan, oliy ta’lim tizimida ham korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda uning xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan aniq va samarali chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, qabul jarayonlari shaffof va adolatli tarzda o‘tkazilmoqda, o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tkazilmoqda, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq ma’muriy ishlar (ma’lumotnomalar, shartnomalar, transkript berish) raqamlashtirilmoqda va ovoragarchiliklar oldi olinmoqda.

 

 

Shu bilan birga, o‘quv jarayonida turli korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tushuntirish chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini, yaqinda telegram-bot ishga tushirilganligini ma’lum qildi. Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi amaldagi qonunchilik borasida ma’lumot berilib, fakultetda dars berayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bu boradagi huquqiy savodxonligi muhim ekanligi ta’kidlandi.

 

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.R.Darvishov dekanat xodimlari va fakultetda dars berayotgan professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr mulohazalarini tingladi hamda savollarga batafsil javob berdi.

18:15 / 2024-01-16
Success helper
Success warning