“Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati. U nima va korrupsiyaga qay darajada barham bera oladi?” mavzusidagi davra suhbati
Joriy yilning 22 noyabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasi dotsenti., PhD Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tomonidan Iqtisodiyot fakulteti IM-80 va IM-81 akadem guruhlariga “Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati. U nima va korrupsiyaga qay darajada barham bera oladi?” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens - nazorat” tizimini boshqarish bо’lim boshlig’i Sardor Darvishov ishtirok etdi.
Tadbir davomida Sardor Darvishov korrupsiyaga qarshi ichki «komplayens-nazorat» tizimi, avvalo, davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, xо‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining nafaqat korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etishining oldini olishga, faoliyatining normativ hujjatlar talablariga muvofiq bо‘lishini ta’minlashga, balki ularning manfaatlariga, turli tahdidlar va javobgarliklardan himoya qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Sanjar Sobirjonov komplayens-nazorat tizimida manfaatlar tо‘qnashuvini boshqarish, sovg‘alar va ish jarayonida mehmondо‘stlik belgilari, xodimlarni tanlash, lavozimdan lavozimga о‘tkazish, moddiy rag‘batlantirish, tekshirishlarni о‘tkazish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini о‘rganish, kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan о‘zaro munosabatlar, xayriya va homiylik faoliyati, sirli mijoz tadbiri, faoliyatni videotasvirga olish va translyatsiya qilish, ichki hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va xodimlarga maslahat berish to’g’risida to’xtalib o’tdi.
Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Davra suhbati talabalarda korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini hosil qilish hamda talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashishda axloqiy sifatlari bo’yicha bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.