Joriy yilning 21-yanvar kuni Toshkent moliya instituti rektor maslahatchisi va institut Korrupsiyaga qarshi kurash va Kompleans nazorati boʻlimi boshligʻi tomonidan, institut dekanlari va kafedra mudirlarini jalb qilgan holda “Korrupsiyaga qarshi kurash-davr talabi” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida, rektor maslahatchisi O.Nurmuradov tomonidan joriy yilning 23-yanvar kuni boshlanadigan yakuniy nazorat imtihonlarini xolis va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
P.S: Hurmatli talabalar, Toshkent moliya institutida sodir etilishi mumkin boʻlgan noqonuniy harakatlar (korrupsion va boshq.) yuzasidan TMI rektor maslahatchisiga bevosita murojaat qilishingiz mumkin.