“Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

“Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

2023-yil 20-may kuni “Adiblar xiyoboni” majmuasida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. 


Tadbirimiz mehmonlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Matbuot markazi rahbari Rahimboy Jumaniyozov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Mansur Jumayevlar chiqishlarida atoqli adib Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini, oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi va yozgan asarlarining shu kungacha qadr-qimmatini yoʻqotmasdan saqlanib kelinayotganligi haqida batafsil maʼlumotlar berishdi.

 

 


Institut Madaniyat va san’at bo‘limi boshlig‘i, shoir Bobur Bobomurod ham so‘z olib: Hozirgi kunda adabiyotimiz xilma-xil va rang-barang. O‘zbek adabiyotimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan adiblarimizdan biri – bu, shubhasiz Abdulla Qahhordir.” deya, buyuk adibimiz hayoti va ijodi to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar berdilar.

 

 

 

 


Tadbir davomida “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli ijodkor talabalari oʻz ijod namunalaridan ijro qilib, tadbir qatnashchilarining olqishlariga sazovor boʻlishdi.

14:49 / 2023-05-24
Success helper
Success warning