Liderlik ko'nikmalari yoxud kuchli jamoa tuzish shartlari

Liderlik ko'nikmalari yoxud kuchli jamoa tuzish shartlari

Bugun, Toshkent moliya institutida yurtimizdagi ko’zga ko’ringan va muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor, Deli.uz kompaniyasi, shuningdek, "M-faktor" loyihasi asoschisi Husan Mamasaidov ishtirokida talabalar uchun "Liderlik ko'nikmalari yoxud kuchli jamoa tuzish shartlari" mavzusida master-klass tashkil etildi.








Tadbirda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Husan Mamasaidov talaba-yoshlarga tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishish,  jamoa shakllantirish borasidagi hayotiy tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Shuningdek, tadbirkor kelgusidagi muvaffaqiyat bugungi olinayotgan bilim, qilinayotgan mehnat mevasi ekanligini, vaqt eng qimmat boylik uni bilim olish va rivojlanishga sarflash kerak ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi. 








Master-klass bevosita talaba-yoshlar bilan savol-javob tarzida tashkil etildi. Savol-javoblarda faol bo'lgan talaba-yoshlar maxsus sovg'alar hamda  "M-faktor'' loyihasiga a'zolik uchun maxsus yo'llanmani qo'lga kiritishdi.


22:00 / 2022-02-22
Success helper
Success warning