“Uzoq muddatli aktivlar hisobini xalqaro standartlar talabi boʻyicha tashkil etish” mavzusida mahorat darsi

“Uzoq muddatli aktivlar hisobini xalqaro standartlar talabi boʻyicha tashkil etish” mavzusida mahorat darsi


2023-yil 10-aprel kuni “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining taʼlim sifatini oshirish siyosatida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash uchun “Dori Darmon Invest" MCHJning Bosh buxgalteri Razoqov Muzaffar Ilyos oʻgʻli tomonidan  talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bevosita  bogʻlab, ulaning amaliy koʻnikmalarini  mustahkamlash maqsadida “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 2-kurs talabalari uchun “Uzoq muddatli aktivlar hisobini xalqaro standartlar talabi boʻyicha tashkil etish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.





Mahorat darsida “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari, dekan oʻrinbosari ishtirok etdilar.




M.Razoqov  uzoq muddatli aktivlar tarkibga kiruvchi asosiy vositalarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida hisobga olishning farqli jihatlari, asosiy vositalani tan olish, baholash, qayta baholash hamda aktivlarning qadirsizlanishi boʻyicha xalqaro tajribalarni amaliy misolllar orqali talabalar eʼtiboriga yekazdi. Asosiy vositalar hisobini tashkil etishning  oʻziga xos jihatlarni ochib berdi.


Mahorat darsi talabalar oʻrtasida katta taassurot qoldirdi.

17:46 / 2023-04-11
Success helper
Success warning