“Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko`rsatkichlar” mavzusida mahorat darsi bo`lib o`tdi
Joriy yilning 30-yanvar kuni “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi tomonidan “Davlat budjeti va g`aznachilik ishi” fakulteti BET-70, BET-71, BET-72 guruh talabalari uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Joriy hisoblar bo`lim boshlig`i Mexmonov Jahongir Osimxonovich tomonidan “Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko`rsatkichlar” mavzusida mahorat darsi o`tkazildi.
Mahorat darsining asosiy maqsadi nazariy jihatdan olingan bilim va ko'nikmalarni talabalarga amaliyotda qo'llashdir.