AQSHlik professor ishtirokida master-klass tashkil etildi
Joriy yilning 10-iyun kuni Toshkent moliya institutida tashkil etilishi rejalashtilayuotgan “Globallashuv sharoitida bank va moliya tizimini barqarorligini taʻminlash masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun AQSHning Boston Suffolk Universitetidan tashrif buyurgan professori Rufin Karlos tomonidan 8-iyun kuni master klass tashkil etildi.
Professor Rufin Karlos institutning “Bank ishi va audit” mutaxassisligi magistrlari hamda professor-oʻqituvchilar uchun AQSHning Boston shtatida “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida moliya-bank tizimining oʻrni va klasterlarning rivojlanishi” mavzusida master-klass oʻtib berdi.
Mazkur mahorat darsi qiziqarli va mazmunli boʻlishi bilan bir qatorda, fikr-mulohazalar almashinuvi uchun katta maydon boʻldi. Xususan, institut professor-oʻqituvchilar hamda magistr talabalari prof. Rufin Karlosdan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.