Institut va maktablar faoliyati rivojlantirilmoqda

Institut va maktablar faoliyati rivojlantirilmoqda

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qoʻllab-quvvatlash uchun Respublika boʻyicha 634 ta maktabga 95 ta oliy taʼlim muassasasi biriktirilgan edi.

 

Mazkur tashabbus ijrosini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Toshkent moliya institutida ham Yunusobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish yuzasidan Memorandum imzolangan va kelgusida qilinadigan amaliy ishlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan.

 

Hamkorlikka koʻra,  institut mazkur tumanda joylashgan 63, 117, 273, 313, 327-sonli umumtaʼlim maktablarida maktab oʻquv rejasida koʻrsatilgan fanlar boʻyicha institut professor-oʻqituvchilari tomonidan turli sinflar oʻquvchilariga master-klasslar oʻtkazish, pedagogik salohiyatni oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, oʻqitishning yangi metodikalarini joriy etishga, oʻqituvchilarining matematika, chet tili (ingliz tili), oʻzbek tili va adabiyoti fanlarini oʻqitishda pedagogik mahoratlarini oshirishga koʻmaklashish, iqtidorli oʻquvchilarni fan olimpiadalari va bilimlar bellashuviga tayyorlash boʻyicha maktab oʻqituvchilariga metodik tavsiyalar berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini maktab jamoatchiligiga yetkazilishini samarali tashkil etish borasida institut rahbariyati va professor-oʻqituvchilari tomonidan izchil amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Xususan, joriy yilning 14-sentyabr kuni Toshkent moliya instituti rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-oʻqituvchilari Yunusobod tumanida joylashgan 63, 117, 273, 313, 327-sonli umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurishdi. Uchrashuvlar davomida oʻquvchi-yoshlar bilan bevosita jonli muloqot tashkil etildi. Mamlakatmizda olib borilayotgan, ayniqsa, taʼlim tizimidagi islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

 

Shuningdek, har bir maktabga 2 tadan eng soʻnggi rusumli monoblok kompyuter, 1 tadan SmartTV, 1 tadan proyektor hamda 1 tadan proyektor uchun doska kabi oʻquv jihozlari tantanali ravishda maktab maʼmuriyatiga topshirildi.

 

Uchrashuvlar soʻngida har bir maktab maʼmuriyati va oʻqituvchi-yoshlari oʻzlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TMI matbuot xizmati

12:15 / 2021-09-15
Success helper
Success warning