TMI talaba-yoshlari “Maʼrifat maydoni” tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etishdi

TMI talaba-yoshlari “Maʼrifat maydoni” tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etishdi

 

Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovini eʼlon qilingandi. 





Bugun Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida ushbu tanlovning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahridagi toʻrtta oliygohning jamoalari ishtirok etishdi. 





 

Jamoalar “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob” va “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashishdi.


























Jamoalarni maxsus hakamlar hayʼati baholab borishdi. Tanlovda institutimiz talabalari faxrli ikkinchi oʻrinni qo‘lga kiritdi.


20:49 / 2023-02-03
Success helper
Success warning