“Sug’urta kompaniyalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda raqamli marketingdan foydalanish yo’llari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Joriy yilning 8 may kuni "Menejment va marketing" kafedrasi dotsenti., PhD Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tomonidan "Buxgalteriya hisobi va audit" fakulteti talabalari uchun seminar tashkil etildi. Tadbirda “Gross sug’urta” kompaniyasi Sug‘urta zaxiralari va statistika departamenti menejeri Parpiyev Xasanboy Zafarovich ishtirok etdi.
Tadbir davomida Parpiyev Xasanboy Zafarovich sug’urta faoliyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida boshqarish, sug’urta xizmatlarini o'z vaqtida va samarali tashkil etishda raqamli marketingdan faodalanishning dolzarbligiga alohida e'tibor qaratdi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasida sug’urta kompaniyalar faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda kadrlar siyosatiga e’tibor qaratish lozim ekanligiga to’xtalib o’tdi.
Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Seminar-trening talabalarning sug’urta xizmatlaridan qanday foydalanish tartibi bo’yicha bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.