Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi
Toshkent moliya instituti va Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik bitimi doirasida joriy yilning 6-aprel kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri, i.f.d., prof. N.Kuziyeva tomonidan “Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i: O‘zbekistonda undirishning o‘ziga xosligi” mavzusida masofaviy ma‘ruza mashg‘uloti o‘tildi.
Ma’ruzada Moliya universitetining “Soliqlar va soliq ma’muriyatchiligi” departamenti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.