“Zamonaviy sharoitda soliq siyosatining dolzarb muammolari” mavzusida master-klass tashkil etildi
Toshkent moliya instituti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlar instituti hamkorligida 2023-yil 19-may kuni Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun Rossiya Federatsiyasi moliya vazirligi Moliya ilmiy-tadqiqot instituti Soliq siyosati markazi rahbari, iqtisod fanlari doktori Pinskaya Milyausha Rashitovna hamda Markaz etakchi ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori Ponomaryova Karina Aleksandrovnalar tomonidan “Zamonaviy sharoitda soliq siyosatining dolzarb muammolari” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Master-klass davomida professor-o‘qituvchilarning barcha qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Master-klass qiziqarli va jonli tarzda tashkil etildi.