“Statistik tadqiqotlarda tanlab kuzatishning qo‘llanilishi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

“Statistik tadqiqotlarda tanlab kuzatishning qo‘llanilishi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

 

2024-yil 5-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida kafedra dotsenti M.E.Raxmataliyev tomonidan  “Statistik tadqiqotlarda tanlab kuzatishning qo‘llanilishi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

 

Mahorat darsida dotsent M.E.Raxmataliyev yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda statistik tadqiqotlarda iqtisodiy masalalarning optimal yechimlarini aniqlashda tanlab kuzatishning qo‘llanilishi, ularni amalga oshirishning eng yaxshi yo‘llarini tanlashda zarur bo‘ladigan usullari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdi.

 

Mahorat darsi davomida dotsent M.E.Raxmataliyev kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi mahorat darslarining ko‘proq o‘tkazilishi hamda darslar mobaynida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifati oshishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.  

15:30 / 2024-01-05
Success helper
Success warning