“Soliq ma‘murchiligini amalga oshirishda raqamlashtirishning o’rni” mavzusida master-klass

“Soliq ma‘murchiligini amalga oshirishda raqamlashtirishning o’rni” mavzusida master-klass

 

2022-yil 28-dekabr kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-o’qituvchilari uchun “Fan, ta‘lim va ishlab chiqarish integrasiyasi” uzluksizligini ta‘minlash maqsadida Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig’ining 1-o’rinbosari M.Djumaniyazov hamda “Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish bo’limi” boshlig’i o’rinbosari Z.Ubaydullayevlar tomonidan “Soliq ma‘murchiligini amalga oshirishda raqamlashtirishning o’rni” mavzusida master-klass tashkil qilindi.





 

Kafedra professor-o’qituvchilari uchun tashkil etilgan master klass jonli muloqot ko’rinishida o’tkazildi hamda qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.

19:48 / 2022-12-28
Success helper
Success warning