“Oʻzbekistondagi AES loyihasi moliyaviy jihatlari” mavzusida master-klass oʻtkazildi
2023-yil 26-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari uchun Bank-moliya akademiyasi “Investitsiyalar va moliya bozori” kafedrasi mudiri, i.f.d., prof. S.E.Elmirzayev tomonidan “Oʻzbekistondagi AES loyihasi moliyaviy jihatlari” mavzusida master-klass oʻtkazildi.
Iqtisodchi-olim S.E.Elmirzayev oʻz chiqishida mamlakatimizda AES qurish zarurati, uning ijobiy va salbiy jihatlari, loyihani moliyalashtirishning ehtimoliy manbalari, qarz mablagʻlari hisobiga loyihani moliyalashtirish imkoniyatlari va loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Master-klass davomida S.E.Elmirzayev kafedra professor-oʻqituvchilarining mavzuga oid bergan savollariga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning oʻtkazilishi nazariya bilan amaliyot integratsiyasini taʼminlashga xizmat qilishini qayd etishdi.