Master class

Master class

Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining bitiruvchi kurs talabalari hamda “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining professor - oʻqituvchilari hamrohligida 2021-yil 19-noyabr kuni Oʻzbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasiga “Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar talablari asosida malaka oshirish tartibini tashkil etish” mavzusida master klass (maxorat darsi) oʻtkazish uchun tashrif buyurishdi (kafedra dos.v.b. Gʻ.Tashmanov raxbarligida).

Mahorat darsini Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi boshqaruv raisi professor Tulaxodjayeva Minavar Maxkamovna ochib berdi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining bugungi kundagi dolzarbligi, mamlakatimizda joriy qilish jarayonlari hamda xalqaro standartlar asosida malaka oshirish tartib qoidalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi.








Ushbu master klass darsi Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi ijrochi direktori tomonidan olib borilib, unda assotsiatsiyaning faoliyati, vazifalari hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari, xalqaro buxgalter, tashqi va ichki audit sertifikatlarini olish tilablari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Ushbu maxorat darsida bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.

10:48 / 2021-11-20
Success helper
Success warning