“Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobotini shakllantirishning amaliy jihatlari” mavzusida master-klass darsi o‘tkazildi
2024-yil 5-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida kafedra dotsenti, PhD A.Kuliboyev tomonidan “Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobotini shakllantirishning amaliy jihatlari” mavzusida master-klass darsi o‘tkazildi.
Unda kafedra dotsenti A.Kuliboyev “UzASBO” dasturiy majmuasidan foydalangan holda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning afzalliklari, hisobotlarni shakllantirish jarayonlari va hisobotlarni G‘aznachilik hamda moliya organlariga taqdim etishning amaldagi holati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachi tomonidan javob oldilar.