“Davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar xususida” mavzusida master-klass tashkil etildi
Joriy yilning 26-dekabr kuni “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar xususida” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti v.b., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zulfiya Marufova ishtirok etdi.
Davlat tili tо‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar haqida, davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar xususida mutaxassis tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.