“Fond bozorida moliyaviy texnologiyalardan samarali foydalanish”mavzusida master-klass tashkil etildi
Joriy yilning 5-yanvar kuni “Iqtisodiyot” fakulteti tasarrufidagi “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi ish grafigiga asosan moliyaviy texnologiyalar orqali fond bozorida aksiya va obligatsiyalar savdolarini samarali tashkil etish bo‘yicha kafedra dotsenti, PhD Akramjon Karimov tomonidan “Fond bozorida moliyaviy texnologiyalardan samarali foydalanish” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Master klassda milliy fond bozorida yagona mobil platforma bo‘lgan “Jett” investitsiya servisi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Jett servisi Multicard ilovasining ichida ishga tushirilgan bo‘lib, servis foydalanuvchilarga smartfon orqali “Toshkent” Respublika fond birjasida keltirilgan O‘zbekistonning eng yirik kompaniyalariga sarmoya kiritib, investoriga aylanish imkoniyatini beradi.
Dotsent, PhD Akramjon Karimov tomonidan Jett” investitsiya servisidagi yangiliklar, fond bozorida faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va tizimdagi so‘nggi yangiliklar haqida ma’ruza qilindi.
Master-klass davomida A.Karimov kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga batafsil javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning o‘tkazilishi juda ham samarali bo‘lishi va moliya va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni boyishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.