“Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlili” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi
2024-yil 5-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida kafedra katta o‘qituvchisi N.Xanova tomonidan “Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlili” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsida N.Xanova tomonidan investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda pul oqimlari va diskont stavkasini shakllantirish bo‘yicha ma’lumotlar amaliy misollar asosida ko‘rsatib berildi.
Mahorat darsi davomida N.Xanova kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning ko‘proq o‘tkazilishi ta’lim sifati oshishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.