“Kredit-modul tizimida o‘quv-uslubiy hujjatlarni takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida master-klass tashkil etildi

“Kredit-modul tizimida o‘quv-uslubiy hujjatlarni takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida master-klass tashkil etildi

 

Joriy yilning 26-dekabr kuni institut professor-o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi O‘quv-uslubiy faoliyatni takomillashtirish boshqarmasi boshlig‘i, p.f.f.d.(PhD.), dotsent Zaripov Lochin Rustamovich tomonidan “Kredit-modul tizimida o‘quv-uslubiy hujjatlarni takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida master-klass tashkil etildi.

 

 

 

 

Master-klass ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, aynan bugungi kunda oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos muammolari, vaqt me’yorlari va ularning amal qilish tartibi, kredit-modul tizimida talabalar bilimini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan fikr almashildi.

 

 

 

Master-klass savol-javoblar bilan bahs-munoszaraga boy tarzda o‘tdi. Master-klassda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.

 

 

 

 

17:50 / 2023-12-26
Success helper
Success warning