"Jahon moliya tizimining joriy holati: risklar va imkoniyatlar" mavzusida master-klass o‘tkazildi
2023-yil 25-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida moliya bozori bo‘yicha mustaqil ekspert Sh.A.Muminov tomonidan “Jahon moliya tizimining joriy holati: risklar va imkoniyatlar” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Soha mutaxassisi tomonidan jahon moliya tizimi, uning rivojlanish bosqichlari, undagi o‘zgarishlar, jahon moliya tizimiga ta’sir qilayotgan omillarning ijobiy va salbiy jihatlari keng tahlil qilindi, jahon moliya tizimining transformatsiyasi, ularni amalda qo‘llash bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Master-klass davomida Sh.A.Muminov kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga batafsil javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning o‘tkazilishi nazariya bilan amaliyot integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilishini qayd etishdi.