Riteyl xavfsizligi ekspertlari assotsiatsiyasi rahbari, Ural davlat iqtisodiyot universiteti professori Sergeyev Konstantin Vitalyevich ishtirokida master-klass boʻlib oʻtdi
24-noyabr kuni Toshkent moliya instituti 1-maʼruzalar zalida Toshkent moliya instituti “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Korporativ xavfsizlik, risklarni boshqarish” mavzusida maʼruzasi bilan Riteyl xavfsizligi ekspertlari assotsiatsiyasi rahbari, Ural davlat iqtisodiyot universiteti professori Sergeyev Konstantin Vitalyevich ishtirokida master-klass darsi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilari hamda talabalar qatnashdi.
Master-klass qiziqarli va mazmunli boʻldi: qatnashchilar dolzarb mavzuga doir oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etishdi.