“Soliq imtiyozlarini amalda qo‘llash tartibi va mavjud muammolar” mavzusida master-klass tashkil qilindi
2023-yil 26-dekabr kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Fan, ta‘lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” uzluksizligini ta‘minlash maqsadida Soliq qo‘mitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi soliq bosh inspektori Normurzayev Umid Xolmurzayevich tomonidan “Soliq imtiyozlarini amalda qo‘llash tartibi va mavjud muammolar” mavzusida master-klass tashkil qilindi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan master klass jonli muloqot tarzida o‘tkazildi hamda qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.