“Bright engaging activities” mavzusida master-klass o‘tkazildi

“Bright engaging activities” mavzusida master-klass o‘tkazildi

 

Bank ishi fakulteti “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan joriy yilning 27-dekabr kuni institut rektorining tasdiqlangan grafigiga asosan kafedra professor-o‘qituvchilari uchun yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda “Bright engaging activities” mavzusida master-klass o‘tkazildi. Master-klass “Tesol masters” teacher training center da Tesol mutaxassisi Maftuna Xidirova tomonidan o‘tkazildi.

 

Mutaxassis tomonidan master-klassda turli xil yangi metod va texnologiyalar haqida ma’lumotlar berildi. Bu orqali professor-o‘qituvchilar mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

15:27 / 2023-12-27
Success helper
Success warning