“Tijorat banklarining korporativ mijozlariga xalqaro moliya institutlari hisobidan kredit berish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida master-klass tashkil etildi
Joriy yilning 26-dekabr kuni “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Tijorat banklarining korporativ mijozlariga xalqaro moliya institutlari hisobidan kredit berish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Green banking” boshqarmasi boshlig‘i B.Sultonmurodov ishtirok etdi.
Tijorat banklarida xalqaro moliya institutlari tomonidan kredit liniyalari orqali resurslarni jalb etish zaruriyati va ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari, "yashil kredit" loyihalarining xususiyatlari, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Green banking faoliyati haqida mutaxassis tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.