“To‘lov tizimlari va tijorat banklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash” mavzusida master-klass tashkil etildi
Joriy yilning 26-dekabr kuni Iqtisodiyot fakulteti tasarrufidagi “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi ish grafigiga asosan to‘lov tizimi va tijorat banklarida qo‘llanilayotgan moliyaviy texnologiyalar va o‘zgarishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Litsenziyalash va ruxsat berish tartiboti departamenti bosh mutaxassisi Xoliqov Hamidulla Vaydulla o‘g‘li tomonidan “To‘lov tizimlari va tijorat banklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash” mavzusida master-klass darsi tashkil etildi.
Soha mutaxassisi tomonidan to‘lov tizimlari va banklarda qo‘llanilayotgan moliyaviy texnologiyalar, ularni litsenziyalash, faoliyatini tashkil etish va tartibga solish jarayonlari, ular bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Master-klass davomida X.Xoliqov kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga batafsil javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning o‘tkazilishi moliya va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi nazariy bilimlar bilan amaliyotdagi jarayonlarning integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlashdi.